O‘zA O`zbek

12.07.2019 17:45 Chop etish versiyasi

Djo Bayden Trampning xalqaro maydondagi xatolarini sanab berdi

Djo Bayden Trampning xalqaro maydondagi xatolarini sanab berdi

Demokratik partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga asosiy nomzod bo‘lmish sobiq vitse-prezident Djo Bayden jahon maydonida Donald Trampning harakatlarini kutilmagan va haddan tashqari deya atadi.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Nyu-Yorkda talabalar oldida chiqish qilgan Bayden bayonot berib, Tramp AQShning obro‘sini, uning jahondagi o‘rnini va AQShning global yetakchiligini zaiflashtirganini ta’kidladi. 

Bayden tomonidan Trampga qo‘yilgan ayblar orasida Qo‘shma Shtatlarning Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qaratilgan Parij Bitimidagi imzosini qaytarib olgani, Eronning yadro dasturi borasidagi Bitimdan chiqishi, Trans-Tinch okeani Savdo kelishuvidan chiqishi, shuningdek prezidentning AQShning NATOdan ehtimoliy chiqishi borasidagi bayonotlari ham bor.

Bayden agarda prezident etib saylangudek bo‘lsa, Afg‘onistondan ko‘proq Amerika harbiylarini olib chiqishga, Saudiya Arabistonining Yamandagi ishtirokini Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlashga nuqta qo‘yishga, AQShning NATO oldidagi majburiyatlarini tasdiqlashga va’da berdi. Xavfsizlik masalasida Isroilni qo‘llab-quvvatlashi nomzodning tashqi siyosatdagi ustuvor vazifalariga kiradi, bu mavqeda Bayden va Trampning qarashlari bir-biriga o‘xshaydi.

O‘zA
384