Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.05.2018 09:16 Chop etish versiyasi

Diplom topshirish marosimida "g‘aroyib mehmonlar”

Diplom topshirish marosimida "g‘aroyib mehmonlar” Kaliforniyada saqoqushlar diplom topshirish marosimini buzishiga sal qoldi, deb yozadi “Metro”.

Aslida bu voqea o‘tgan haftada Pepperdayn universitetida sodir bo‘lgan ekan:

O‘tkazilayotgan diplom topshirish marosimida nogoh ikki saqoqush paydo bo‘lib, yig‘ilganlarning shundoq boshiga qo‘nmoqchi bo‘ladi. Hatto bittasi oldinroq qatorga joylashishga harakat qilib ko‘radi. Ammo bu yerdan haydab solingach, qush bitiruvchilar uchun atalgan qizil yo‘lakka o‘tishga “majbur bo‘ladi”. Marosimdagilar uni bu yerga ham “sig‘dirishmaydi”.

Ko‘pchilikka zavq bag‘ishlagan “saqoqushlar tomoshasi”dan so‘ng diplom topshirish marosimi davom etgan.

– Pepperdayn universiteti Tinch okeani sohilidagi mashhur dam olish maskanlari Malibu va Santa-Monika yaqinida joylashgan. Shuning uchun ham ertami kech bu qushlar universitetning diplom topshirish marosimini o‘ziniki qilib oladi, deb hazil qilgan “saqoqushlar tomoshasi” videosi muallifi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 550