O‘zA O`zbek

11.07.2019 14:36 Chop etish versiyasi

DAAD Dushanbedagi axborot markazini yopishga qaror qildi

DAAD Dushanbedagi axborot markazini yopishga qaror qildi

Germaniyaning Ilmiy xodim va talabalar almashinuvi bilan shug‘ullanuvchi Akademik almashuvlar nemis xizmati Deutscher Akademischer Austauschdienst - DAAD Dushanbe shahridagi o‘zining axborot markazini berkitdi.

DAAD matbuot kotibi Kordula Lukassen 10 iyul kuni jahonning 57 ta mamlakatidagi axborot xizmatlari faoliyati o‘rganib chiqilganidan so‘ng Dushanbedagi Akademik almashuvlar nemis xizmatining axborot markazini yopishga qaror qilinganini ma’lum qildi.

–Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bizning boshqa markazlarimiz, jumladan Markaziy Osiyodagi markazlarimiz, Tojikistondagi axborot markazidan yuqori maqomga ega ekan. Shu munosabat bilan GFR tashqi ishlar vazirligi mamlakat Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi bilan konsultatsiya o‘tkazganidan so‘ng 30 iyundan boshlab Dushanbe shahridagi DAAD axborot markazini berkitishga qaror qildi,– deydi Kordula Lukassen.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Tojikiston poytaxtida DAAD axborot markazi 2004 yilda ochilgan edi. Xabarlarga ko‘ra, shunda buyon tojikistonlik 700 dan ortiq talaba va olim Germaniyada bepul ta’lim olgan yoki malakasini oshirgan.

O‘zA
425