O‘zA O`zbek

14.06.2018 12:15 Chop etish versiyasi

China Daily:AQSH va KXDR sammiti tinchlikning xush muqaddimasi

China Daily:AQSH va KXDR sammiti tinchlikning xush muqaddimasi
Xitoyning nufuzli nashrlaridan biri“China Daily”Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreya sammitiga bag‘ishlangan maqola chop etdi.

Unda qayd etilishicha,AQSH va KXDR sammiti tinchlik jarayonining xush muqaddimasidir. Agar tomonlar yanada sermahsul muzokaralar o‘tkazishda davom etsa, kelgusida sammitga boshqa davlatlar hamqo‘shilishi mumkin. Bunga sabab Koreya yarimorolidagi vaziyat ko‘p mamlakatlarnixavotirga solib keladi.

Ta’kidlanishicha, Singapurdagi sammit kutilganidan ham ko‘proq samara berib, AQSH va KXDR yetakchilarining qo‘shma bayonoti Koreya yarimorolida tinchlikni ta’minlash istiqboliga yo‘l ochadi. Xitoy esa doimtotuvlik tarafdori bo‘lib kelgan va Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreyaning o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari va yadroqurolsizlanishni jarayoni rivojiniqo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz,joriy yilning 12 iyunida Singapurda AQSH va KXDR sammiti bo‘lib o‘tgan edi.Sammit doirasida Donald Tramp va Kim Chen In uchrashdi. Ikki davlat rahbarlari o‘zaro muloqotda Koreya yarim orolida tinchlikni barqaror ta’minlash va KXDRni mutlaqo yadroqurolsizlantirish, Shimoliy Koreya va Amerika munosabatlarini yaxshilash kabi masalalarini muhokama qildi. Sammit yakuni bo‘yichaAmerika va Shimoliy Koreya yetakchilariqo‘shma hujjatni ham imzoladi. Unga binoan AQSH va KXDR yangi formatdagi ikki tomonlama munosabatlarni qaror toptirishni o‘z zimmasiga oladi, Koreya yarimorolida mustahkam tinchlik o‘rnatilishi uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etadi.

Malohat Husanova, O‘zA
3 055