O‘zA O`zbek

11.07.2019 10:25 Chop etish versiyasi

Chexiyaliklarning siyosiy vaziyatdan noroziligi oshmoqda ​

Chexiyaliklarning siyosiy vaziyatdan noroziligi oshmoqda ​


Chexiyaliklarning mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan noroziligi oshib bormoqda. 

Jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi “CVVM” agentligi shunday ma’lumot berdi, deyiladi “ct24.ceskatelevize.cz.” xabarida. 

Iyunda o‘tkazilgan oxirgi so‘rovda 46 foiz aholi mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan noroziligini bildirgan, 20 foiz bu fikrga aksincha munosabatini ma’lum qilgan. 

So‘rov ishtirokchilarining yana 31 foizi siyosat va siyosatchilarga befarq ekanini aytgan.

“Qisman yomonlashuvga qaramay, bu holat mamlakatning 2012-2013 yillardagi siyosiy vaziyatidan ancha yaxshi”, deyishmoqda so‘rov tashkilotlari.


O‘zA
501