Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.01.2018 14:45 Chop etish versiyasi

Bugundan Xitoyda 553 rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish ta’qiqlandi

Bugun, 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran Xitoyda havoga zararli moddalarni me’yordan ortiq chiqaradigan hamda ko‘p yoqilg‘i sarflaydigan 553 rusumdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarish ta’qiqlandi.

Xitoy avtomobil texnologiyalari markazi (China Vehicle Technology Service Center) xabariga ko‘ra, mazkur qaror atrof-muhitni zararlanishiga qarshi kurashish doirasida qabul qilingan.

Ta’qiq Audi, Mercedes Benz, Chevrolet avtogigantlarining ayrim sedanlariga taalluqlidir.

Ta’kidlanishicha, sotuvdan olib tashlanadigan 553 turdagi avtomobillar Xitoy avtobozorida katta o‘ringa ega emas. Shunga qaramay ekologik xavfi nuqtai nazaridan ta’qiqlangan avtomobillar ro‘yxati kengaytirib boriladi.

Xitoy hukumati mamlakatda elektromobillarni ommalashtirish niyatida. Shu maqsadda gibrid va elektrokarlar ishlab chiqarish hamda foydalanishda rag‘batlantirish orqali 2030-yilgacha Xitoyda bunday avtomobillar hissasini 40 foizgacha yetkazish mo‘ljallanmoqda.

O‘zA
2 406