O‘zA O`zbek

10.07.2019 16:01 Chop etish versiyasi

“Boeing” nufuzini boy bermoqda

“Boeing” nufuzini boy bermoqda

Amerikaning “Boeing” korporatsiyasi o‘zining yevropalik raqobatchisi “Airbus “ga fuqarolik aviatsiyasi samolyotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi maqomini boy berishi mumkin. 

“Boeing” 2012 yildan birinchilikni qo‘ldan boy bermay kelyapti. Biroq 737 MAX rusumidagi ikkita yangi samolyotlarining qulashi ortidan bu modifikatsiyadagi laynerlar parvozining to‘xtatilishi kompaniya daromadlariga ulkan zarba bo‘lib tushdi. 

Dushanba kuni Saudiya Arabistonining “Flyadeal” Aviakompaniyasi “Boeing”ga bergan buyurtmasini bekor qilib uni “Airbus”ga topshirdi. Buning natijasida esa “Boeing” 6 milliard AQSh dollari zarar ko‘rishi taxmin qilinmoqda.

O‘zA
366