Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

24.04.2018 16:23 Chop etish versiyasi

BMT: Suriyadagi muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun 3,5 milliard dollar kerak

BMT: Suriyadagi muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun 3,5 milliard dollar kerak Bryusselda mintaqa va Suriya bo‘yicha xalqaro donorlik anjumani davom etmoqda.

Unda qatnashayotgan BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok joriy yilda Suriyadagi muhtojlarga ko‘rsatiladigan yordam sarf-xarajatlari oshganligini ma’lum qildi.

“Suriyada shoshilinch yordamga muhtoj aholi soni ortib bormoqda. Vaziyatga javoban BMT o‘z resurslarini ishlatib bo‘ldi. Ayni vaqtda hamkorlar bilan yana mablag‘ izlanmoqda. Uning miqdori 3,5 milliard dollar. Bu mablag‘ joriy yilda Suriyadagi muhtoj aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun sarflanadi” degan u.

Eslatib o‘tamiz, Bryusselda o‘tkazilayotgan mintaqa va Suriya bo‘yicha xalqaro donorlik anjumanida gumanitar yordam va krizis boshqarmasi Yevrokomissari Kristos Stilianides Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashayotgani, 13 milliondan ziyod aholi yordamga muhtoj, ularning yarmi bolalar ekanligini ma’lum qilgan edi. 

Malohat Husanova, O‘zA
1 292