Suriya davlat televideniyesi prezident Bashar Asadning Sharqiy Gutaga tashrif buyurgani haqida ma’lum qildi. 18-mart kuni u yerda Asad o‘ziga sodiq harbiylar bilan uchrashdi.

Davlat telekanallarida namoyish qilingan va ijtimoiy tarmoqdagi AsadningTelegram messenjeri sahifalarga joylashtirilgan lavhalarda Suriya rahbari harbiy libosdagi bir guruh odamlar, ulardan ayrimlari tanklarda o‘tiribdi, qurshovida ekani aks etgan. Telegramdagi fotoda: “Prezident Asad Sharqiy Gutada Suriya arab armiyasi qahramonlari orasida” degan yozuv bor.

So‘nggi haftalarda Suriya hukumat qo‘shinlari 2012-yildan beri qurolli muxolifat nazoratida bo‘lib turgan Sharqiy Gutada keng qamrovli yirik amaliyot o‘tkazdi. Inson huquqlari buzilishi bo‘yicha Suriya monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Asad qo‘shinlari u yerdan raqiblarni siqib chiqarib, hududning 80 foizidan ko‘prog‘ini egalladi.

G‘arb hukumatlari va BMT Suriya hukumati va uning ittifoqchilariga murojaat qilib hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. BMT bosh kotibi Antoniu Gutterishning aytishicha mazkur hujumlar Guta aholisi uchun “yerda do‘zax” yaratgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bashar Asad Sharqiy Gutaga tashrif buyurdi