Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.02.2018 10:45 Chop etish versiyasi

Bangladesh rohingiya musulmonlariga boshpana bermoqda

Bangladesh rohingiya musulmonlariga boshpana bermoqda Rim Papasi Fransisk Vatikanda Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasinni qabul qildi. Bu haqda Vatikan matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida Rim Papasi Myanmaning Arakan shtatidagi rohingiya musulmonlariga boshpana berilishi munosabati bilan o‘z minnatdorchiligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasin Vatikanga safari davomida Davlat Kotibi kardinal Petro Parolin bilan ham uchrashgan.

Uchrashuvda ikki tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashilgan. Shuningdek, Bangladeshda mavjud turli din vakillari o‘rtasida tinchlikni saqlash, qochqinlarni himoya qilishdagi sa’y-harakatlar muhokama qilingan.

O'zA
6 482