O‘zA O`zbek

08.08.2018 11:41 Chop etish versiyasi

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shahrida qurg‘oqchilik hukm surmoqda

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shahrida qurg‘oqchilik hukm surmoqda

Avstraliyaning eng ko‘p aholi yashaydigan Yangi Janubiy Uels shahrini issiq ob-havo sharoitida qurg‘oqchilik butunlay qamrab oldi, deya xabar bermoqda mamlakatning rasmiy axborot xizmati.

Mamlakatning ushbu mintaqasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining deyarli chorak qismini yetkazib beradi. 7 avgust kuni mamlakat rasmiylari tomonidan hududda 100 foiz qurg‘oqchilik sharoiti, deb tasdiqlandi.

Hukumat tomonidan mintaqaga favqulodda yordam tariqasida 430 million dollar mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘ suv tanqisligi bilan kurashayotgan fermerlarning ekin va hayvonlari ehtiyojini qondirish uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan. Mintaqaning ba’zi hududlaridagi qurg‘oqchilik darajasi rekord darajadan oshib ketgan. Shaharga qo‘shni hisoblangan Kvinslend shahrining yarim qismini ham qurg‘oqchilik egallagan. Hozirda Janubiy Avstraliyaning ko‘plab hududlarida yuqori darajadagi issiq ob-havo hukmronlik qilmoqda, deya xabar bergan VVS.som sayti.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
2 451