Yer yuzida haroratning ko‘tarilishi Arktika muzlarining so‘nggi 1500 yilda rekord darajada erishiga olib keldi, deyiladi AQSh ummonlar va atmosferani o‘rganish milliy boshqarmasi ma’ruzasida. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

“Hozirgi paytda Arktikada butun insoniyat tarixidagi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning har birimizga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunish uchun ularni kuzatishni kuchaytirishimiz lozim”, degan ma’ruza mualliflaridan biri Jeremi Metis.

Ma’ruzada aytilishicha, Arktika muzliklarining maydoni 2017-yilda 1981-2010-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 25 foizga qisqargan. Arktika havo haroratining 1,6 darajaga, Shimoliy Muz ummoni suvlariniki esa 4 darajaga ko‘tarilgani qayd etilgan.

“Arktika odatda kurrai zaminimizning muzlatkichi hisoblanardi, lekin ushbu muzlatkich eshiklari ochiq qoldirildi. Bugungi Arktika 10 yil avvalgisiga umuman o‘xshamaydi”, degan Metis.

Olimlar Arktikadagi o‘zgarishlar butun kurrai zaminga ta’sir o‘tkazishini ta’kidlamoqda. Haroratning oshishi atmosfera oqimlari harakatini o‘zgartirishi, bu esa Yer yuzining turli mintaqalarida ob-havo injiqliklariga olib kelishi mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arktika muzlarining erishi rekord darajaga yetdi: muzliklar maydoni 25 foizga qisqargan