O‘zA O`zbek

11.07.2019 09:20 Chop etish versiyasi

Arisdagi o‘q-dori omborining portlashida qo‘poruvchilik harakati ehtimoli ham ko‘rib chiqiladi

Arisdagi o‘q-dori omborining portlashida qo‘poruvchilik harakati ehtimoli ham ko‘rib chiqiladi

Qozog‘iston huquqni himoya qiluvchi organlari Turkiston viloyatidagi Aris shahrida joylashgan o‘q-dori omborida sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganish davomida turli taxminlar, jumladan, qasddan qo‘poruvchilik amalga oshirilgan bo‘lishi ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda. 

"Tengrinews" agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbaev ma’lum qilgan. 

“Ehtimolda tutiluvchi barcha holatlar nazardan chetda qolmaydi. Tekshiruvga oid har bir natija bo‘yicha mas’ul shaxslar aniqlanadi”, dedi vazir.

O‘zA
501