AQShning sharqiy qirg‘oqlariga yaqinlashayotgan kuchli bo‘ron sababli muz yomg‘irlari ham yog‘adi.

AQShning sharqiy qirg‘oqlariga yaqinlashayotgan kuchli bo‘ron sababli muz yomg‘irlari ham yog‘adi. Bu haqda CNN telekompaniyasi meteorologlari ma’lum qilishgan. Tabiiy ofat sababli Nyu-Djersi, Nyu-York, Konnektikut, Rod-Aylend, Massachusets, Vermont, Nyu-Gempshir va Men shtatlarida elektr toki ta’minotida uzilishlar ro‘y berishi mumkin.

AQSh meteorologik hizmatinig bo‘ronga oid ogohlantiruvi 9 martga qadar amal qiladi. Mamlakat shimoliy sharqida qorning qalinligi 30 santimetrdan ortishi tahmin qilinmoqda.

Chorshanba kuni Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahridagi maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi. Nyu Yorkda esa aholiga shaxsiy avtomobilda sayyohatga chiqmaslik tavsiya etilgan.

AQShning shimoli-sharqidagi hududlarda o‘tgan xaftada ham bo‘ron sababli talofotlar yuzaga kelgandi. Hanuzgacha 110 ming iste’molchi elektr toki va issiqlik ta’minotidan mosuvo. Noqulay ob-havo sharoiti sababli yuzlab reyslar bekor qilinib, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroporti vaqtincha faoliyatini to‘xtatgandi. Shuningdek, 8 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQShga yana bo‘ron xavf solmoqda