O‘zA O`zbek

12.07.2019 18:09 Chop etish versiyasi

AQSHda uchar taksilar xizmati joriy etildi

AQSHda uchar taksilar xizmati joriy etildi

Nyu-Yorkda yoʻlovchilarni shahar aeroportiga yetkazuvchi uchuvchi taksilar xizmati yoʻlga qoʻyildi. 

“CNN” telekanali xabariga koʻra, “Uber Sopter” uchar taksi xizmati AQSHning “Uber” kompaniyasi tomonidan joriy etilgan.

Uchar taksilar Jon Kennedi xalqaro aeroporti tomon yoʻllardagi tirbandliklarni kechib oʻtib yoʻlovchilarni bir necha daqiqalarda aeroport manziliga yetkazadi. Xizmat narxi hozirda 200 AQSH dollari qiymatida belgilangan. Vertolyot bortida yoʻlovchi yuklarini joylash uchun ham maxsus yukxonalar mavjud.

Yoʻlovchilar vaqtini tejash, shuningdek, xizmatni yanada qulayligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida kelajakda kompaniya tomonidan uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 

AQSHning yetakchi onlayn transport tizimi tomonidan taqdim etilgan ushbu “Uber Sopter” xizmatdan maxsus mobil ilova orqali foydalaniladi. 

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
541