Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.01.2018 12:30 Chop etish versiyasi

AQSh yadroviy salohiyatini yanada oshirishni rejalashtirmoqda

AQSh yadroviy salohiyatini yanada oshirishni rejalashtirmoqda AQSh Qurolli kuchlari yadro qurolining dengizdan boshqariladigan ikkita yangi turini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQShning yangi yadroviy doktrinasi loyihasida bayon qilingan, deb xabar bermoqda TASS.

Ushbu hujjatda suv osti kemalarida ishga tushiriladigan ballistik raketalar uchun kam quvvatli yadro kallaklarini ishlab chiqarish rejasi haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, loyihada dengizdan uchiriladigan qanotli raketalar haqida ma’lum qilingan.

"AQSh tez orada suv osti kemalari uchun qisqa masofaga uchiriladigan kam sonli yadroviy kallaklarni ishlab chiqaradi, kelajakda esa dengizda ishga tushiriladigan zamonaviy qanotli raketalarni yaratadi", deb yozadi "Huffington Post" internet nashri.

Pentagon strategiyasi nuqtai nazaridan, bunday yangi qanotli raketa AQShga "strategik bo‘lmagan (yadroviy) mintaqalarda" hozir bo‘lishini ta’minlaydi. U Rossiya - Amerika o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini buzmaydi, deyishmoqda doktrinani ishlab chiquvchilar. Ayni paytda ularning fikricha, bu reketa AQShning Moskvaga javobi bo‘ladi. Avvalroq Vashington Rossiyani o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomani buzishda ayblagandi.

"Agar Rossiya shartnoma bo‘yicha kelashuvga qaytsa, strategik bo‘lmagan yadro qurolini qisqartirsa hamda boshqa turdagi barqarorlashtiruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirsa Qo‘shma Shtatlar dengizdan boshqariladigan qanotli reketalarni yaratish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin", deyilgan doktrinada.

AQSh Prezidenti Donald Tramp ushbu hujjatni tayyorlash haqida farmoyishni o‘tgan yil 27-yanvarda bergan edi. Hujjat 64 sahifadan iborat. Doktrina yanvar oyi oxiri yoki fevral oyining boshida rasmiy ravishda e’lon qilinishi taxmin qilinmoqda.

O‘zA
12 236