O‘zA O`zbek

21.05.2018 13:43 Chop etish versiyasi

AQSH va Xitoy: Savdo urushi bo‘lmaydi!

AQSH va Xitoy: Savdo urushi bo‘lmaydi! AQSH va Xitoy savdo urushining oldi olindi. Jahon iqtisodiyotining ikki eng yirik korchaloni bir-biriga boj to‘lovlarini oshirish tahdidan voz kechdi.

“Euronews”ning ma’lum qilishicha, Vashingtonda o‘tkazilganmuzokaralarda tomonlar savdo-sotiq muvozanatsizligini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Xususan, XitoyAQSHdan sotib olinadigan tovarlar hajmini oshirishva o‘z bozorida Amerika mahsulotlari uchun adolatli raqobatni ta’minlashga rozi bo‘lgan.

Amerika va Xitoy o‘rtasidasavdo ziddiyati qanday boshlandi?

AQSHning alyuminiy va po‘latga boj kirgizish borasidagi yangi siyosati Xitoy noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijadaikki davlat o‘rtasida savdo ziddiyati boshlandi. Dastlab Qo‘shma Shtatlar o‘z mahsulotlarining intellektual huquqlari Pekin tomonidan buzilayotganini ro‘kach qilib, Xitoyning 1,3 ming nomdagi tovariga import bojlar miqdorini oshirdi. Shu yo‘l bilan Amerika Xitoy bilan ko‘p milliardlik savdo defitsitini kamaytirishga erishmoqchi edi. Bundan tashqari AQSH prezidenti XXR mahsulotlariga qo‘yiladigan import bojlari miqdorini 100 milliard dollarga oshirish imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma ham berdi. Bunga javoban Xitoy Davlat kengashi Qo‘shma Shtatlarning 106 nomdagi mahsulotiga 25 foizlik import bojini kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. Yaqinda esa Donald Tramp import bojlarining yillik miqdori 150 milliard dollarga chiqishi mumkinligidan Xitoyni ogohlantirdi. Bunga Pekin tahdidga yarasha javob bo‘lishi, savdo ziddiyatida g‘alabagacha borishini ma’lum qildi.

Tramp tashabbusi bilan muzokora boshlandi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo urushining ana shunday avj nuqtasida AQSH prezidenti Donald Tramp muzokara yo‘lini tanlab, joriy yilning 3 may kunida mamlakat moliya vaziri Stiven Mnuchin, savdo vaziri Uilbur Ross, davlat rahbari yordamchilari Larri Kudlou va Piter Navarro, AQSHning Xitoydagi elchisi Terri Brenstedlardan iborat o‘z delegatsiyasini Xitoyga jo‘natdi.Joriy yilning 3-4 may kunlari Pekinda o‘tkazilgan ushbu muzokaralarda tomonlar iqtisodiy masalalar, xususan savdo muammolarini hal qilish mexanizmini yaratish borasida umumiy kelishuvga erishdi. Shundan so‘ng savdo masalalari muhokamasi Vashingtonga ko‘chib, 17-18 may kunlarida o‘tkazilgan AQSH va Xitoy rasmiylari ishtirokidagi muzokaralarda tomonlar diqqat-e’tiborni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratdi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 635