Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahrida robot-qo‘riqchilar paydo bo‘lmoqda. Xabar qilinishicha, yirik kompaniya va tashkilotlar o‘z ofislari yaqinida uysizlar boshpana qurmasligi uchun ushbu xizmatdan foydalanmoqda.

Robotlardan biri, xususan, yaqinda Jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish jamiyati (Society for the Prevention of Cruelty to Animals, SPCA) binosi oldida paydo bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, robotlardan foydalanish birmuncha arzonga tushadi. Agarda odatdagi qo‘riqchilar xizmati uchun soatiga o‘rtacha 16 dollar to‘lansa, mashinaga atigi olti dollar kifoya qiladi.

Shunga qaramay San-Fransisko rasmiylari SPCAdan robot-qo‘riqchini ko‘chadan olishni talab qilgan. Aks holda mashinadan foydalangan har bir kuni uchun tashkilot 1000 dollardan jarimaga tortilishi aytilgan. SPCA vakilining ta’kidlashicha, hozirda tashkilot mutasaddilari androiddan foydalanish uchun rasmiy ruxsatnoma olish payiga tushgan.

McKinsey konsalting kompaniyasi tomonidan dekabr oyi avvalida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, iqtisodiyotning robotlashuvi oqibatida yaqin istiqbolda dunyo mehnat bozorida 375 million ish o‘rni yo‘qotilishi mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Androidlar 375 million odamni ishsiz qoldirishi mumkin