O‘zA O`zbek

11.07.2019 09:00 Chop etish versiyasi

Alohida bosimlar Eronga qanday ta’sir qilmoqda?

Alohida bosimlar Eronga qanday ta’sir qilmoqda?

“Eronga alohida bosim o‘tkazish jarayoni Prezident Trampga ma’qul kelmoqda”, dedi AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Huk “Al-Arabiya”ga intervyusida. 

Uning ma’lumotiga ko‘ra, natijada Eronning mudofaa budjeti 27 foizga qisqargan, bundan tashqari, AQSh “Eronni neft sotishdan keluvchi yiliga 50 milliard dollarlik daromaddan mahrum qilmoqda”. 

Maxsus vakil Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab, AQShning mazkur davlat bilan maxfiy aloqa tarmog‘i borligi bo‘yicha ma’lumotni inkor qildi. 

O‘zА
487