Noyob topilma mollyuskalar turiga kiruvchi qadimgi ammonit bo‘lib, uni Rossiya Fanlar Akademiyasining Paleontologiya instituti olimlari Boshqirdistonning Shaxtau tog‘lari konlarida topishdi

Noyob topilma mollyuskalar turiga kiruvchi qadimgi ammonit bo‘lib, uni Rossiya Fanlar Akademiyasining Paleontologiya instituti olimlari Boshqirdistonning Shaxtau tog‘lari konlarida topishdi, deb xabar tarqatdi TASS.

Ta’kidlanishicha, ammonitlar 285 million yil ilgari qadimgi Tesis okeanida yashagan. Bu davrda yer yuzida meterik va ummonlarning joylashuvi mutlaqo boshqacha bo‘lgan. Shu farazdan kelib chiqilsa, ammonitlarning Boshqirdistonda topilgani olimlarning so‘nggi paleozoy erasi biogeografiyasiga oid fikrlarini o‘zgartirib yuboradi.

Ma’lumot uchun: Ammonitlar qirilib ketgan oyoqboshli mollyuskalar bo‘lib, ularning chanoqlari dunyoning ko‘p xalqlarida oilaviy baxt, farovonlik va to‘kinlik, abadiylik ramzi hisoblanadi. Ammonitdan qolgan izlar tosh va cho‘kindilarda uchrab turadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
285 million yil oldin yashagan jonzot topildi