Qozog‘istonda ayni vaqtda neftni qayta ishlovchi uchta zavod faoliyat ko‘rsatib, mazkur zavodlar yonilg‘i-moylash materiallarining asosiy turlari bo‘yicha faqat o‘rta muddatli istiqbolgacha ichki bozor ehtiyojlarini qoplay oladi

Qozog‘istonda ayni vaqtda neftni qayta ishlovchi uchta zavod faoliyat ko‘rsatib, mazkur zavodlar yonilg‘i-moylash materiallarining asosiy turlari bo‘yicha faqat o‘rta muddatli istiqbolgacha ichki bozor ehtiyojlarini qoplay oladi, deyiladi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi tarqatgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, agentlikning rasmiy so‘roviga Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi javob yo‘llagan bo‘lib, unda Qozog‘istonda neftni qayta ishlovchi to‘rtinchi zavodni qurishni tahlil qiluvchi ishchi guruh tomonidan mamlakatning avtobenzin, dizel yonilg‘isi va aviakerosinga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganib chiqilib, ma’lum xulosaga kelingani bayon qilingan.

Unga ko‘ra Qozog‘istonda 2021-yilda avtobenzin, 2023-yilda dizel yonilg‘isi, 2026-yilda aviakerosin taqchilligi yuzaga kelishi mumkin.

Shu boisdan 2022-yilgacha Qozog‘istonda neftni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Kanat Bozumbayev ma’lum qilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021-yilga kelib Qozog‘istonda benzin taqchilligi yuzaga kelishi mumkin