![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 09.09.2010 17:49 Italiyada mast holda avtomobil haydashni ta’qiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, spirtli ichimlik yoki giyohvand modda iste’mol qilib rulga o‘tirgan shaxsning mashinasi musodara qilinadi va kimoshdi savdosiga qo‘yiladi yoki foydalanish uchun politsiya xizmatiga topshiriladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Italiya avtomobil halokati tufayli yuz beradigan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha G‘arbiy Yevropada birinchi o‘rinda turadi. ***Braziliya hukumati o‘rmon yong‘inlari sababli 11 shtatda favqulodda holat e’lon qildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yili mamlakat o‘rmonlarida o‘n uch mingga yaqin yong‘in qayd qilingan. Ayniqsa, Goyas shtatidagi Emas milliy bog‘i katta ziyon ko‘rgan. U yerda 90 foiz o‘simlik nobud bo‘lgan. Tokantis shtatidagi Araguayya milliy bog‘ining 60 foizi yonib ketgan. Mutaxassislarning aytishicha, yong‘inga qurg‘oqchilik sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda Braziliyaning ba’zi hududlarida havoning namlik darajasi Sahroi Kabirdagidan ham past ekan. ***AQSH 2010 yilning yanvar-avgust oylarida eng ko‘p avtomobil sotgan mamlakat sifatida jahon bozorida birinchi o‘rinni egalladi. RATA-TASS muxbirining xabar berishicha, AQSH joriy yilning sakkiz oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foiz ko‘p – 7,66 million dona mashina sotgan. Xitoy 7,42 million dona avtomobil sotib, ikkinchi o‘rinni band qilgan. O‘tgan yili Chin yurti 13,5 million dona mashina sotib, jahon bozorida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |