![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO'zA, 08.07.2010 19:09 Buyuk Britaniya hukumati suvdan foydalanishni chekladi, deb xabar beradi RATA-TASS. Bunga mamlakatning shimoli-g’arbida havo haddan ziyod isib ketgani sabab bo’ldi. Suv ta’minoti bilan shug’ullanuvchi “Yunayted yutilitiz” kompaniyasi menejeri Jon Sandersning so’zlariga ko’ra, hukumat qarori suv tanqisligining oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu qarorga binoan hovliga suv sepish va tomorqani sug’orish, avtoulovlarni yuvish taqiqlandi. Qarorga rioya qilmaganlarga bir ming funt sterling (1,5 ming AQSh dollariga teng) miqdorida jarima solinadi. * * *Janubiy Afrika Respublikasida 522 karatli olmos topildi. Buyuk Britaniyaning “Gem Diamonds” kompaniyasiga qarashli kondan topilgan bu olmos 15 million AQSh dollariga baholangan. * * *Yaponiyaning «Toyota» kompaniyasi AQSh bozorlaridan 140 ming «Leksus» rusumli avtomobilni tamirlash uchun qaytarib oladigan bo’ldi. Mutaxassislarning aytishicha, ularning dvigatellarida texnik nosozlik aniqlangan va yuqori tezlikda harakatlanayotgan vaqtda to’satdan to’xtab qolishi mumkin ekan. Bunday voqealar ko’p yillar mobaynida avtomobilsozlikda yetakchilik qilib kelayotgan «Toyota» kompaniyasining nufuzini tushirib yubormoqda. Yaponiya matbuotining yozishicha, kompaniya bir yil davomida o’n milliondan ziyod mashinani ta’mirlash uchun qaytarib olgan. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |