Xorij xabarlari

Xorijdan xabarlar

O'zA, 06.07.2010 20:28

Futbol bo’yicha jahon chempionatining yakunlovchi bosqichi o’tayotgani Janubiy Afrika Respublikasiga sayyohlar oqimini kuchaytirmoqda. Xabarlarga qaraganda, musobaqa boshlangandan keyingi davrda mamlakatga kelgan xorijlik sayyohlar soni bir milliondan oshgan. Birgina Keyptaun shahriga uch yuz ming sayyoh kelgan.

Mamlakatdagi muhojirlar masalalari bilan shug’ullanuvchi idora ma’lumotlariga ko’ra, ishqibozlar orasida JARga noqonuniy ravishda kirib kelayotganlar ham kam emas.

* * *

Ikki kema to’qnashuvi oqibatida Singapur bo’g’oziga ikki ming tonna yoqilg’i to’kildi, deb xabar beradi RATA-TASS. Ma’lumotlarga qaraganda, Malayziya tankeri Sent-Vinsent davlatiga tegishli yuk kemasi bilan to’qnashgan. Dengizchilar orasida qurbonlar yo’q. Yoqilg’ini yig’ib olishga maxsus texnologiyalar bilan jihozlangan to’rt kema jalb qilingan.

* * *

AQShning «Merck&Co» farmatsevtika kompaniyasi o’z raqobatchisi bo’lmish «Schering-Plough» kompaniyasini 41 milliard AQSh dollariga sotib oldi. Bu kompaniyaga savdo hajmini 34 foiz oshirish imkonini beradi. «Schering-Plough» yangi dorini sinovdan o’tkazmoqda. U muvaffaqiyatli yakunlansa, «Merck&Co» yiliga 6 milliard AQSh dollari miqdorida qo’shimcha daromad olishi mumkin.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama