Xorij xabarlari

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 16.03.2010 19:01

AQSH do‘konlarida bolalarga mo‘ljallangan zargarlik buyumlari savdosi taqiqlandi. Boisi, ularni tayyorlashda foydalaniladigan kadmiy moddasi turli xastaliklarni keltirib chiqarmoqda.

Aytishlaricha, bola uzoq muddat taqqan bunday bezaklar o‘zidan zaharli modda chiqarib, buyrak va jigarga zarar yetkazadi. Oqibatda tana zaharlanib, suyaklar yemirila boshlaydi.

Bu xabardan ota-onalar tahlikaga tushmoqda. Chunki farzandiga bilaguzuk va zanjir olib berganlar talaygina.

x x x

Angliyada qadimgi Skandinaviya harbiy dengizchilarining qabri topildi. Eramizdan avvalgi 910-1030 yillarga oid bu qabr mamlakat janubidagi Dorset grafligida joylashgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda dengizchilar qirol Etelred hukmi bilan qatl etilgan. U 1002 yilda Skandinaviya bilan tuzgan sulhni buzib, ko‘plab asirlarni qilichdan o‘tkazgan.

x x x

Olimlar quyosh nuri salomatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda. Uzoq muddat quyoshda toblangan tanada D vitamini miqdori ortadi. Bu esa, o‘z navbatida, oq qon donachalari faolligini oshiradi. Natijada immunitet yaxshilanib, kasalliklarga chalinish xavfi kamayadi.

Professor Karlsten Geyslerning ta’kidlashicha, «quyosh vitamini» bo‘lmasa, organizmdagi oq qon donachalari viruslar oldida ojiz bo‘lib qoladi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama