![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 09.03.2010 18:18 Yaponiyada chiqindidan yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Uni tayyorlashda oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan foydalaniladi. Qoldiqlar germetik idishga solinib, ustidan suv quyiladi. So‘ng bosim oshirilib, 200 darajagacha qizdiriladi. Yarim soatlik ishlov jarayoni natijasida torfga o‘xshagan yonuvchan modda hosil bo‘ladi. Mutaxassislarning aytishicha, bir tonna ana shunday chiqindidan to‘rt yuz kilogrammgacha yoqilg‘i tayyorlash mumkin. Yangi turdagi yoqilg‘ining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u havoga zaharli gazni nisbatan kam chiqaradi. * * * Suriya shimolidagi Halab tumanida Iskandar Zulqarnayn davriga oid ikki yuz ellikta kumush tanga topildi, deb xabar beradi RATA-TASS. Ma’lumotlarga ko‘ra, xazina antiqa tasodif tufayli qo‘lga kiritilgan. Aytishlaricha, mahalliy aholi vakillaridan biri yangi uyiga poydevor qaziyotganda tangalarga duch kelgan. * * * Afrika mamlakatlarida 85 milliondan ziyod bolaning poliomiyelitga chalinish xavfi bor. Buning oldini olish maqsadida “Rotari Interneshnl” xalqaro nodavlat tashkiloti ajratgan 30 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ hisobiga emlash jarayoni boshlandi. Poliomiyelit o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asab tolalarini ishdan chiqaradi. Uning ta’sirida bemor butunlay falaj bo‘lib qolishi mumkin. Ayni paytda poliomiyelit, ayniqsa, Kamerun, Chad, Gvineya, Mali, Mavritaniya, Senegalga katta tahdid solayotir. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |