![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 05.03.2010 18:57 Yaponiya olimlari elektr ta’minoti tizimini mustaqil boshqara oladigan turar-joy binosi loyihasini yaratdilar. “Ekologik toza” uy tomiga quyosh nuridan energiya oladigan panellar va energiya to‘plagich o‘rnatiladi. Yilning qaysi mavsumi bo‘lishidan qat’i nazar, elektron asboblar binoni zarur miqdordagi issiqlik va yorug‘lik bilan ta’minlab turadi. x x x “Ksintiya” to‘foni Fransiya g‘arbiga katta talofat keltirmoqda. Tabiiy ofat oqibatida yuzdan ziyod odam halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. “Figaro” gazetasining yozishicha, kuchli to‘fon toshqin keltirib chiqargan. Ekin maydonlariga ham katta ziyon yetgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, 2009 yili “Klaus” to‘foni Fransiyaga 1,86 milliard yevro miqdorida zarar yetkazgan edi. x x x Hindistonning “Tata motorz” korporatsiyasi elektr dvigatelli «Nano-IV» rusumli mashina ishlab chiqara boshladi. Korporatsiya vitse-prezidenti Ravi Kantning so‘zlariga qaraganda, avtomobil soatiga 105 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. U 120 ming rupiyaga (2,5 ming AQSH dollariga) baholanmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |