Xorij xabarlari

Tabiiy ofatlar avji

O‘zA, A.Boboyev, 01.03.2010 21:55

27 fevral kuni Chilida 8,8 ballik zilziza ro‘y berdi. Zilzila markazi mamlakat poytaxti Santyagodan 325 kilometr uzoqda – Tinch okeani tubida ekani aniqlangan.

Mutaxassislar bu silkinishning oqibatlari Gaitidagidan ham dahshatliroq bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chunki yo‘llar, ko‘priklar, aloqa, elektr, suv va gaz uzatish tarmoqlariga katta ziyon yetgan, 1,5 milliondan ziyod bino vayron bo‘lgan. Ko‘plab odamlarning taqdiri qutqaruv ishlarining samarasiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Yetti yuzdan ziyod odam tabiiy ofat qurboni bo‘lgani haqida xabarlar kelmoqda.

Yana bir murakkab jihati shundaki, turli darajadagi silkinishlar takrorlanib turibdi. Shu bois odamlar uy-joyini tark etgan. Hukumat zilzila markaziga eng yaqin Maule va Bio-bio viloyatlarida favqulodda holat e’lon qildi. 2 milliondan ziyod odam boshpanasiz qoldi.

Chilida ro‘y bergan silkinish Tinch okeanida katta sunamini keltirib chiqardi. Okean sohillarida joylashgan mamlakatlarda odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Chilidagi zilzila jahon birjalarida ham «silkinish»larga sabab bo‘ldi. Misning asosiy eksportchilari qatorida turadigan Chilida tabiiy ofat sodir bo‘lganidan keyin ko‘pchilik yaqin vaqtlarda bu mamlakatdan mahsulot kelishiga shubha bilan qaray boshladi. Xususan, London birjasida mis narxi 5,6 foiz oshdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama