![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 26.02.2010 12:23 RATA-TASS muxbirining xabar berishicha, Nyu-Yorkdan Parijga yo‘l olgan samolyot yoqilg‘i tizimida yuzaga kelgan muammo tufayli aeroportga qaytib qo‘nishga majbur bo‘ldi. Mutaxassislar har qanday yangi samolyotda texnik muammolar uchrashi tabiiy hol ekanini, vaqt o‘tishi bilan u takomillashishini ta’kidlamoqda. Dunyodagi eng katta yo‘lovchi tashuvchi samolyot bo‘lgan “A-380” havo kemasida bir vaqtning o‘zida to‘qqiz yuz kishi parvoz qilishi mumkin. *** AQSHning Denver shahri kasalxonasi hamshirasi Kristen Deyn Parker 30 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘ttiz kishiga atayin gepatit S virusini yuqtirgan. Qoniga bunday virus tushgan kishini vaqtida davolamasa, jigar sirrozi yoki jigar saratoniga olib keladi. Hamshiraning qabih jinoyati oqibatida olti mingdan ziyod bemorning hayoti xavf ostida turibdi. Chunki u ko‘pchilikka virusli shpritslardan ketma-ket ukol urgan. Shu bois, sud qaroriga ko‘ra, jinoyatchi shifoxonaga 507 ming dollar miqdorida jarima ham to‘laydi *** Yaponiyaning “Xonda” kompaniyasi dunyoda birinchi marta gibridli sport mashinalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya prezidenti Takanobu Itoning aytishicha, bunday yangi turdagi yoqilg‘i tejaydigan avtomobil yigirma besh kilometrga bir litr yoqilg‘i sarflaydi. Shu sababli ularga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Kompaniya bir oyning o‘zida 4500 dona avtoulov ishlab chiqarish uchun buyurtma olgan. Ma’lumotlarga qaraganda, to‘rt kishilik yangi turdagi bunday sport mashinasi 25,2 ming AQSH dollariga baholanmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |