![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 24.02.2010 16:49 “Toyota” kompaniyasi ishlab chiqargan “Prius” rusumli avtomobillar xaridorlar tomonidan qaytarilmoqda. Boisi, ularning boshqaruv tizimidagi nosozlik tormoz ishlamay qolishiga sabab bo‘layotir. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning o‘zida yuzdan ziyod xaridordan shikoyat tushgan. “Toyota” uch yuz mingga yaqin “Prius” mashinasini qaytarib olishni e’lon qilgan. Kompaniya shu choqqacha bu mashinadan 1,6 million dona ishlab chiqargan. * * * Portugaliyaning Madeyra arxipelagida besh kundan buyon davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik toshqinga sabab bo‘ldi. Mahalliy matbuotning yozishicha, tabiiy ofat oqibatida qirq sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan, yuzdan ziyod odam jarohatlangan. Elektr va suv uzatish tarmoqlari ishdan chiqqan, to‘rt yuzga yaqin turar-joy binosi, ko‘plab tashkilot va idoralar joylashgan imoratlar suv ostida qolib ketgan. Funshal shahri meri Migel Albukerk qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligini aytdi. * * * “Sotbis” savdo uyida flamandiyalik rassom Antonis van Deykning avtoportreti rekord ko‘rsatkich – 13,5 million AQSH dollariga sotildi. Bu kutilganidan ancha qimmat. Gollandiyalik ijodkor Sezar van Everdingenning asari ham katta qiziqish uyg‘otdi. Yuz ming dollar atrofida baholangan kartina kimoshdi savdosi yakunida 1,88 million dollarga sotildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |