Xorij xabarlari

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 08.02.2010 16:17

Yangi Zelandiya shifokorlarining ta’kidlashicha, maktab o‘quvchisi sumkasining og‘irligi bola vaznining o‘n foizidan oshmasligi lozim. Boisi, darsliklar bilan to‘ldirilgan og‘ir “yuk xalta” bolaning umurtqa pog‘onasi qiyshayishiga olib kelar ekan. Shu munosabat bilan mamlakatdagi barcha maktablarda o‘quvchilarning og‘ir sumka ko‘tarishi taqiqlanmoqda.

***

AQSHning Midltaun shahridagi “Klin Enerji” elektr stansiyasidagi gaz quvurlarining birida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi RATA-TASS. Oqibatda o‘nga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumgan, yuzdan ziyod odam og‘ir jarohatlangan. Qurbonlar soni yanada ortishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyida gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ekan.

***

“Relaks Nyus” nashrining xabar berishicha, “Luvr” (Fransiya) dunyodagi eng ommabop muzey maqomini saqlab qolgan. Har yili bu yerga 8,5 million tomoshabin tashrif buyuradi.

Xabarda aytilishicha, ikkinchi o‘rin Britaniya muzeyiga, uchinchi o‘rin esa Vashington shahridagi Milliy san’at galereyasiga nasib etgan. To‘rtinchi o‘rinni “Tata Modern” muzeyi olgan bo‘lsa, kuchli beshlik so‘nggida Nyu-Yorkdagi “Metropoliten” muzeyi turibdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama