![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 04.02.2010 16:31 Xitoy yoshlari orasida internetga tobelik tobora ortib bormoqda. Mahalliy matbuotning yozishicha, 2009 yili ularning soni yigirma to‘rt millionga yetgan. Shifokorlar bunday tobelik asab kasalliklariga olib kelishini aytmoqda. Shu bois ko‘pchilik kasalxonalarda davolanmoqda. “Chayna deyli” gazetasining yozishicha, mamlakatdagi ko‘plab internet-kafelar o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Internetdan foydalanuvchilar uchun esa kunlik limit belgilangan. Xitoyda 384 milliondan ziyod odam internetdan foydalanadi. XXX Venesuelada yetti yuzga yaqin savdo do‘koni vaqtinchalik yopildi, deb xabar beradi RATA-TASS. Bunga sun’iy ravishda narx-navoni oshirish sabab bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, hukumat chayqovchilikka qarshi kurashish va shu orqali milliy valutaning qadrsizlanishiga olib keladigan omillarni bartaraf etish maqsadida barcha do‘konlarni tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. Tekshiruv jarayonida hozircha faqat to‘rt yuzga yaqin do‘kondagina savdo qonunlar doirasida amalga oshirilayotgani aniqlangan. XXX “Kristis” kimoshdi savdo uyida italiyalik usta Domeniko Kuchchi yasagan javon 7,33 million AQSH dollariga sotildi. XVII asrga oid bu jihoz Shvetsiya qiroliga tegishli bo‘lgan. Qizil daraxt yog‘ochidan tayyorlangan javon oltin suvi yurgizilgan naqshlar bilan bezatilgan. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |