![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 01.02.2010 15:26 Kanadaning “DeanMark” kompaniyasi kompyuterlar uchun yangi “sichqoncha” ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi RATA-TASS. AirMouse nomli bu qurilma qo‘lga qo‘lqop singari kiyiladi va hech qanday quvvat olmasdan bir haftagacha ishlay oladi. Boshqarilishi qulay bo‘lgan AirMouse juda tez va aniq ishlaydi. Bir necha oydan so‘ng sotuvga chiqarilishi rejalashtirilayotgan “sichqoncha” 129 AQSH dollarigacha baholanmoqda. XXX Germaniyada bir necha kundan buyon davom etayotgan kuchli qor bo‘roni oqibatida o‘nga yaqin odam hayotdan ko‘z yumdi. Mamlakat milliy meteorologiya xizmatining bildirishicha, Rostok shahrida qor qalinligi 30 santimetrga yetgan, harorat – 30 darajagacha sovuq. Noqulay ob-havo avtotrassa va temir yo‘llarda qator muammolar keltirib chiqarmoqda. Birgina Reyn-Vestfaliyada uch yuzdan ziyod halokat yuz berdi. Shuningdek, minglab odamlar elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan. Sinoptiklar bunday sovuq va bo‘ron yana bir necha kun saqlanib turishini aytmoqda. XXX Paleontologlar Xitoy sharqida qadimiy qushlardan biri – Haplocheirus sollers qoldig‘ini topdilar. “Science” jurnali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, topilma 160 million yoshda bo‘lib, uzunligi 230 santimetrga yetadi. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bunday qushlar yirtqichlar sirasiga kiradi. Ular mayda sut emizuvchi hayvonlar bilan oziqlangan. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |