![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 26.01.2010 19:55 Tokio universiteti olimlari suv, tuproq va turli xil organik moddalardan tashkil topgan tibbiy qorishma kashf etdi. «Neychur» ilmiy jurnalining yozishicha, bu qorishma jarrohlikda to‘qimalarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. Mutaxassislar bunday qorishmaning zichligini oshirib, ekologik toza plastmassa buyumlar ishlab chiqarish ham mumkinligini aytmoqda. x x x Xitoyning sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator kompaniyalari tovarlarida og‘ir buyrak kasalligini keltirib chiqaruvchi melomin kimyoviy moddasi aniqlandi, deb xabar beradi RATA-TASS. Shu sababli ushbu kompaniyalarning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ko‘plab savdo markazlari sut mahsulotlarini rastalardan olib qo‘ymoqda. O‘tgan yili bu zaharli modda bolalarga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlaridan topilgan edi. Endi esa kattalar ham yaxshi ko‘rib yeydigan muzqaymoq va qandolat mahsulotlarida ham melomin borligi aniqlandi. x x x AQSHning barcha maktablarida yangi o‘quv dasturi joriy qilindi. U haftasida besh kun jismoniy tarbiya darsi o‘tilishini nazarda tutadi. Maktab oshxonalarida dasturxonga parhez taomlar tortiladi. Buterbrod, gamburger va limonad savdosi qat’iy taqiqlandi. Mahalliy matbuotning yozishicha, ta’lim muassasalarida yangi tizim semirish, yurakni yog‘ bosishi oqibatida yuzaga keladigan xastaliklarning oldini olishga qaratilgan. Xabarlarga qaraganda, AQSHda aholining to‘rtdan uch qismi shunday muammodan aziyat chekmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |