Xorij xabarlari

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 09.12.2009 18:43

Muntazam qahva ichish saratonga chalinish ehtimolini 60 foiz qisqartiradi. Britaniyalik shifokor Ketrin Vilsonning fikricha, qahvadagi minerallar qondagi qand moddasi miqdorini kerakli me’yorda ushlab turadigan garmon – insulin ishlab chiqarishni yaxshilaydi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ertalab bir finjon qahva ichgan kishining nafaqat organizmi quvvat oladi, balki fikri ham tiniqlashadi. Qahvadagi antioksid va mineral moddalarning ta’siri shunday ekan.

x x x

AQSHda bir necha kundan buyon davom etayotgan kuchli qor bo‘roni oqibatida o‘nga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi. Xabarlarga qaraganda, qor qalinligi bir metrga yetgan. Shu sababli avtotrassa va temir yo‘llarda qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, tinimsiz yog‘ingarchilik tufayli birgina Luiziana shtatida minglab turar-joy binolari, idora va muassasalar elektrsiz qolgan. Sinoptiklar bunday ob-havo yana bir necha kun saqlanib turishini ma’lum qilmoqda. Xususan, Kaliforniya, Nevada va Arizona kabi o‘n yetti shtatda kuchli bo‘ron xavfi bor.

x x x

Norvegiyaning “StatoylGidro” neft-gaz kompaniyasi Shimoliy dengizda hajmi o‘ttiz million barrelga teng neft konini aniqladi, deb xabar beradi RATA-TASS.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2008 yili to‘rtta neft-gaz koni topilgan. Lekin ular orasida neft ulushi kam. Gaz eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi Norvegiyada neft qazib olish hajmi qisqarib, tabiiy gazning salmog‘i oshib bormoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama