![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlarO‘zA, 19.11.2009 20:19 AQSHning «Ay-Bi-Em» korporatsiyasi qon tarkibini tekshiruvchi yangi uskuna yaratdi. Nur bilan ishlaydigan bu qurilma eng mayda tomirlardagi mikroelementlarni ham “ko‘rish” xususiyatiga ega. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu ixtiro miyaga qon quyilishi oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olishda yordam beradi. Bemor undan mustaqil foydalanishi ham mumkin. Bu uskunada qon tarkibi tahlilini o‘tkazish uchun atigi 17 soniya kifoya qiladi. * * * Xitoyda yer o‘pirilishi oqibatida o‘ttizga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi Sinxua axborot agentligi. Fojea Shansi tumanidagi qishloqlarning birida sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlarning aksariyati bolalar va ayollardan iborat. Tabiiy ofat tunda sodir bo‘lgani sababli ko‘pchilik vayronalar ostida qolib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. * * * Misr markazida mahobatli yangi shahar barpo etiladi. Dubayning «Al-Futtaim» qurilish kompaniyasi barpo etajak bu shahar zamonaviy hovlilar, ko‘p qavatli binolar, savdo markazlari, turli idoralar va maktablarni o‘z ichiga oladi. Xabarlarga ko‘ra, ushbu loyiha uchun 3,6 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflash rejalashtirilgan. Shahar 2011 yilgacha qurib bitkaziladi. So‘nggi yangiliklar: Konsalting xizmatlari rivojlanmoqda |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |