![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xorijdan xabarlar
Sharqiy Yevropada davom etayotgan qahraton sovuq yigirmadan ziyod odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Chexiya, Ruminiya, Polsha, Bolgariya va Litva kabi mamlakatlardagi sovuq havo ko‘plab qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. 31.01.2012 17:42 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
“ConocoPhillips China” neft kompaniyasi Xitoyning baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlariga bir milliard yuan (qariyb 160 million AQSH dollari) miqdorida jarima to‘ladi. Boisi mazkur kompaniya aybi bilan Boxay ko‘rfaziga 1,5 ming barrel neft to‘kilib, ko‘rfazning 6,2 ming kvadrat kilometr hududini ifloslantirgan. Oqibatda mamlakatning Xebey va Lyaonin provinsiyalaridagi sayyohlik va baliqchilik tarmog‘iga katta zarar yetgan. 26.01.2012 18:07 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Buyuk Britaniyaning “British heart foundation” xayriya tashkiloti hukumatni tamaki qutilarini yagona shakl va dizaynda ishlab chiqarishga doir qonun loyihasini ishlab chiqib, joriy etishga da’vat etmoqda, deb xabar beradi RATA-TASS. 04.01.2012 11:02 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Buyuk Britaniyada qalbaki dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan fuqaro sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jinoyatchi dorixonalarni yurak kasalligi, saraton va ruhiy xastaliklarga qarshi qonunga zid holda ishlab chiqarilgan qalbaki preparatlar bilan ta’minlab kelgan. 12.04.2011 19:49 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Germaniyada velosiped jamoat transportiga aylanadi. Mamlakat hukumati tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, velosipedlarni ijaraga berish yo‘lga qo‘yiladi, metro, avtobus va shahar elektropoyezdlari bekatlari atrofida ular uchun to‘xtash joylari quriladi. Bu esa velotransportdan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun talay qulayliklar yaratadi. 08.04.2011 20:29 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Germaniyaning Gannover shahrida “Hannover Messe 2011” Xalqaro sanoat yarmarkasi ochildi. Unda dunyoning 65 mamlakatidan 6,5 mingdan ziyod firma va kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. 04.04.2011 18:18 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Avstraliyada tinmay yog‘ayotgan yomg‘ir mamlakatda suv toshqinini yuzaga keltirdi, deb xabar beradi RATA-TASS. 22.03.2011 18:57 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Germaniyaning Fraunxofer instituti olimlari Yaponiyaning “Awaiba” kompaniyasi bilan hamkorlikda dunyodagi eng kichik videokamerani yaratdilar. 14.03.2011 18:28 | Xorij xabarlariYaponiyada tabiiy ofat
Yaponiyada 11 mart kuni Rixter shkalasi bo‘yicha 8,9 ball zilzila ro‘y berdi. Zilzila o‘chog‘i mamlakat shimoli-sharqida, Xonsyu orolidagi Miyagi prefekturasida, Tinch okeani tubida ekani aniqlangan. Okean tubida 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan kuchli silkinish oqibatida balandligi o‘n metrgacha yetadigan sunamini yuzaga keltirgan. 11.03.2011 20:50 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Xitoyning “Lenovo” kompaniyasi ko‘z bilan boshqariladigan noutbuk yaratdi, deb xabar beradi RATA-TASS. 10.03.2011 18:00 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Fransiyaning “Moet Hennessy Louis Vuitton” konserni Italiyaning “Bulgari” kompaniyasini 6 milliard AQSH dollariga sotib oldi. “Bulgari” mamlakatdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eng nufuzli kompaniyalardan biri sanaladi. 09.03.2011 17:14 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Isroillik olimlar narkotik moddalar va portlovchi moslamalarni aniqlovchi yangi uskuna kashf etdi. 05.03.2011 19:52 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
AQSHning “Ford” kompaniyasi jahon bozorlaridan sakkiz turdagi o‘ttiz besh ming yuk avtomobilini ta’mirlash uchun qaytarib olishini e’lon qildi. Mutaxassislarning aytishicha, mashinalarning yoqilg‘i bilan ta’minlash tizimida aniqlangan texnik nosozlik oqibatida ko‘plab transport hodisalari ro‘y bergan. 04.03.2011 16:53 | Xorij xabarlariXorij xabarlari
Yaponiyaning “Nissan” avtomobilsozlik kompaniyasida haydovchining tezlikni oshirayotgani to‘g‘risida ogohlantiruvchi maxsus qurilma yaratildi, deb xabar beradi RATA-TASS. 01.03.2011 19:51 | Xorij xabarlariXorijdan xabarlar
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni bir yuz ellikka yetdi, yana ikki yuzdan ziyod kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi RATA-TASS. Mamlakat bosh vaziri Jon Kining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni yanada ortishi mumkin. 01.03.2011 12:35 | Xorij xabarlari |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |