“Boburnoma” asarida Marg‘ilonga o‘ziga xos ta’rif berilgan. Shaharning obodligi, shirin mevalari, “donai kalon” deb ataluvchi anori, “subhoniy” o‘rigi maqtaladi. Shaharning shoyi matolari Misr, Eron, Yunoniston va Qoshg‘ar savdogarlari tomonidan ko‘p xarid qilinishi ta’kidlanadi.

Farg‘ona viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochish va turizm hududi tashkil etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini yuksaltirish, yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan mazkur yo‘nalishdagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Farg‘ona viloyati o‘zining betakror tabiati, tarixiy obidalari, tabarruk qadamjolari bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda. Xususan, viloyat markazi, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani uzoq-yaqindan kelgan sayyohlar bilan doimo gavjum. Viloyatda yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochish, mehmonlarni tarixiy obidalar, milliy hunarmandlik va xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirish uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turistik resurslardan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 30 ga yaqin zamonaviy mehmonxonaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaymoqda.

Viloyatda turizm sohasida gastronomik, ekologik va agroturizm turlarini shakllantirish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha aniq turistik ob’ektlar, transport-logistikasi tizimi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida bir necha “Osh markazi” tashkil etildi.

Bugungi kunda Marg‘ilon atlaslarini dunyoning deyarli barcha yirik muzeylarida uchratish mumkin. Marg‘ilon matosining jilosi eng rivojlangan davlatlarda ham hayrat va havas uyg‘otmoqda.

Qo‘qon shahri, Rishton tumanining o‘ziga xos muhiti, asori-atiqalari jam bo‘lgan muzeylari ham sayyohlar bilan gavjum. Xonlik sinoatini bag‘rida yashirgan, kulolchilik ishlari noyob, betakror naqshlari bilan ko‘zlarni qamashtirgan har ikki go‘shaning o‘z havasmandlari bor. Hunarmandlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, sohada sulolaviy ustaxonalar tashkil etish va ularga sharoit yaratish borasidagi istiqbolli loyihalar bu maskanlarning turizm markaziga aylanishiga zamin yaratmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-2019-yillarda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Marg‘ilon shahrida atlas, adras to‘qimachiligi, chitgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kosibchilik va ipakdan gilam to‘qish ishlariga e’tibor yanada kuchaytirildi. Qo‘qon shahrida yog‘och o‘ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kandakorlik, temirchilikni, Rishton tumanida kulolchilik, chinni mahsulotlari, musavvirlikni ommalashtirish va sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan tadbirlar belgilandi.

Dasturga ko‘ra, turizm markazlari barpo etilib, ularga yog‘ochsozlik va yog‘och o‘ymakorligi, to‘nchilik, misgarlik, temirchilik singari hunarlar bilan shug‘ullanib qelayotgan sulolalar jalb qilinadi. Turistlar uchun karvonsaroylar (mehmonxona), oshxona va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etiladi. Qadimgi sharq bozori uslubida qurilgan bozor rastalari, foytun va arava qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ham milliy an’analarning yorqin timsoliga aylanadi.

Chora-tadbirlar dasturiga asosan 2017-2019-yillarda amalga oshiriladigan 40 dan ortiq loyiha, 10 mehmonxona qurilishiga 26 milliard 910 million so‘m mablag‘ jalb etiladi.

Ayni kunlarda Marg‘ilon shahridagi “Silk Tkat and Carpet” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ipak gilam ishlab chiqarish, yangi “Oltin vodiy durdonalari” turistik yo‘nalishini tashkil etish, Marg‘ilon shahrida hunarmandlikning yo‘qolib borayotgan yo‘nalishi –chitgarlikni qayta tiklash borasida ishlar boshlab yuborildi. Marg‘ilon shahri Xiyobon ko‘chasida “Karvonsaroy – hunarmandlar markazi”, Qo‘qon shahar “Jome’” tarixiy yodgorligi masjidida “Qo‘qon adabiy, badiiy, ma’naviy-ma’rifiy muhiti markazi”, “Farg‘ona – Marg‘ilon maqom markazi”ni tashkil etish, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona qurish ishlari bajariladi. Qo‘qon shahridagi “Dasturxonchi” madrasasida tikuvchilik yo‘nalishida, shuningdek, novdadan buyum to‘quvchi hunarmandlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

– Milliy hunarmandlik namunalari, an’analarimiz yuksalishi viloyatimizga kelayotgan sayyohlar oqimining ikki barobar oshishini ta’minlaydi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i M.Temirov. – Sohani rivojlantirish uchun, avvalo, hunarmandlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ustaxonalar va savdo do‘konlari joylashuvi, mahsulotlarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tayyorlangan reklama roliklarini veb-saytlarga joylashtirish, mahsulotlarni elektron savdo orqali sotish, eksport qilish uchun imkoniyatlar yaratadigan maxsus internet portal tashkil qilishga alohida ahamiyat qaratildi. Farg‘ona turmush tarzi, qadriyatlari, tabiatini o‘zida ifoda etgan tashkilotimizning milliy brendi yaratildi.

Bugungi kunda hunarmandlar orasida o‘z faoliyatiga yangicha mazmun, tadbirkorlik muhiti olib kirishga qiziqish ortdi. Rishton tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan mashhur kulollar Said Ahmedov, Rustam Usmonov, Alisher Nazirov, Tohir Haydarov kabilar tomonidan uy-muzeylar tashkil etilishi sayyohlar qiziqishini oshirdi. Kulolchilik namunalarining mingdan ortiq turi, hunarmandlik tarixi haqida ma’lumot beradigan muhit, muzeyning milliy uslubda qurilishi va bezatilishi Rishtonning o‘ziga xos jihatiga aylandi.

Muxtasar aytganda, milliy hunarmandligimizni targ‘ib etish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash viloyatda turizm salohiyati rivojiga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm: Farg‘onada 40 dan ortiq loyiha, 10 mehmonxona qurilishiga 26 milliard 910 million so‘m mablag‘ jalb etiladi