O‘zA O`zbek

15.04.2019 12:48 Chop etish versiyasi

Samarqand – Turkiston xalqaro avtobus qatnovi ishga tushirildi

Samarqand – Turkiston xalqaro avtobus qatnovi ishga tushirildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtobus qatnovlari soni yana bittaga ko‘paydi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi Samarqand – Turkiston xalqaro avtobus qatnovini ishga tushirdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Reyslar har kuni soat 18:00 da “Oltin O‘rda” avtovokzalidan “Samarqand” avtovokzaligacha qatnaydi. Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida to‘xtash joylari bor.

Ushbu yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayyohlar oqimi oshishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 10 dekabrida Turkiston – Toshkent avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

So‘nggi yillar davomida O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar orasida o‘ndan ortiq xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Ular orasida Chirchiq – Olmaota, Toshkent – Xo‘jand, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Chimkent, Samarqand – Panjakent, Andijon – O‘sh, Toshkent – Nijniy Novgorod, Termiz – Dushanbe, Farg‘ona – Xo‘jand, Toshkent – Bishkek, Farg‘ona – O‘sh, Toshkent – Issiq ko‘l, Toshkent – Turkiston va boshqalar bor. 

O‘zA
603