Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish, hududga kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, sohada mavjud muammolarni hal etish va ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashda joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari mas’uliyatini oshirish muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar va Toshkent viloyati bo‘yicha vakolatli vakillari bilan hamkorlikdagi memorandumni imzolashga bag‘ishlangan tadbirda bu alohida ta’kidlandi.

Partiya faollari, Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va boshqalar hududdagi barcha madaniy-tarixiy meros obyektlari hamda qo‘riqxonalarga sayyohlarni jalb qilish, turistik xizmat ko‘rsatish sohasi, milliy hunarmandlikni rivojlantirishning targ‘ibotini kuchaytirish xususida so‘zladi.

– Ushbu hamkorlik yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar viloyatda turistlar oqimi va turizm xizmatlarini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi, – deydi partiya viloyat kengashi raisi M.Nazarov. – Shuni hisobga olgan holda soha hodimlari tomonidan viloyatning Bo‘stonliq, Parkent tumanlarining tog‘li qishloqlari va Angren shahrida maxsus “Mehmon uylari”ni tashkil etish yuzasidan aholi bilan ko‘plab muloqotlar o‘tkazildi. Mazkur loyihaning imkoniyatlari tushuntirilib, takliflar o‘rganildi.

Tadbirda memorandumda keltirilgan vazifalar tahlil qilinib, Toshkent viloyatida ochilmagan turizm yo‘nalishlari va foydalanilmayotgan imkoniyatlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Turizm sohasiga kadrlar tayyorlovchi kasb-hunar kollejlarining o‘quv dasturi, moddiy-texnik bazasini o‘rganish, soha rivojiga hissa qo‘shish istagini bildirgan tadbirkorlarga yanada keng sharoit yaratish, mehmonxonalar xizmati, jumladan, “Mehmon uylari”dan foydalanish loyihasi imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik rejalari tuzilmoqda