YaIDXP 2.0 ning shaxsiy kabinetida kadastr raqami va manzilini qayd etgan holda, turar joy to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘ldirish asnosida yangi xizmat turlaridan nafaqat yuridik, balki jismoniy shaxslar ham foydalanishi mumkin.

Yagona interfaol davlat xizmatlari portali – YaIDXP (my2.gov.uz)ning yangi talqinida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni yengillashtiruvchi xizmatlar paydo bo‘ldi. Oldinroq yer-mulk egalari uchun ishga tushirilgan servislardan tashqari, endi mulkdorlarning Toshkent shahri hududida shaxsiy uy-joyga ega yoki ega emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda poytaxtimizdagi hibsga olingan yoki taqiqlangan ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotni olish xizmatlari ham joriy etildi.

YaIDXP 2.0 ning shaxsiy kabinetida kadastr raqami va manzilini qayd etgan holda, turar joy to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘ldirish asnosida yangi xizmat turlaridan nafaqat yuridik, balki jismoniy shaxslar ham foydalanishi mumkin. Zarur ma’lumotlar kelib tushishi bilan ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi. Imtiyozli uy-joy yoki ipoteka kreditini olish uchun barcha zarur hujjatlarni to‘plashda mulkdorning shaxsiy uy-joyga ega yoki ega emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma kerak. Uni portaldan olish mumkin. Buning uchun ariza egasiga maxsus shaklni to‘ldirib, so‘rov yuborish kifoya. Eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish tufayli ma’lumotnoma uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan hibsga olingan yoki taqiqdagi ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida ma’lumotni ham olish mumkin. Barcha zarur ma’lumotlar uch ish kuni davomida bepul taqdim etiladi. Ko‘chmas mulk masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralarning bandligi hisobga olinib, ushbu xizmatlar uy-joy egalarining ishini sezilarli darajada yengillashtirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, portalning “Ko‘chmas mulk” bo‘limida qator zarur xizmatlar ham taklif etiladi, ular orasida uy-joyni sotish yoki xarid qilish, uni sovg‘a qilish uchun onlayn ariza berish, yer uchastkasiga egalik qilish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish haqidagi qarorni olish kabi xizmatlardan keng foydalanilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni yengillashtiruvchi xizmatlar paydo bo‘ldi