Toshkentda bo‘lib o‘tgan M2M texnologiyalari bo‘yicha uchinchi Xalqaro biznes anjumanida AKT sohasida faoliyat yurituvchi 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi. Anjumanda M2M texnologiyalari va «IoT» ashyolar interneti sohalaridagi zamonaviy taraqqiyot tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlar va so‘nggi ishlanmalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommuniksiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov, «Ucell» kompaniyasining bosh direktori T.Gryunberg va boshqalar O‘zbekistonda xalqaro konsalting va IT-kompaniyalari bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilayotganini ta’kidladi. Strategiyada O‘zbekistonda kelgusi besh, yetti yil davomida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur kompleks chora-tadbirlar va qarorlar o‘z aksini topadi. M2M texnologiyalari va «IoT» ashyolar interneti mazkur loyihaning muhim unsurlaridan biri bo‘ladi.

9.JPG

Bundan tashqari, ushbu texnologiyalar "Xavfsiz shahar" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi mavzelardan birida masofadan turib boshqariladigan, ma’lumotlarni avtomatik ravishda ishlaydigan va qator foydali funksiyalarga ega zamonaviy smart-kameralar o‘rnatildi. Yaqinda qabul qilingan "Xavfsiz turizm" konsepsiyasini amalga oshirish dasturi bu texnologiyalarni Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va Xiva shaharlarida joriy etishni ko‘zda tutadi.

– Biz ham magistral gaz quvurlarida, ham xonadonlarda ishlaydigan tabiiy gaz hisobini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy qildik, – deydi «O‘ztransgaz» AJ xizmati boshlig‘i o‘rinbosari F.Aliyev. – Tizim masofadan turib zangori olov transportirovkasini amalga oshiruvchi va tartibga soluvchi texnik uzellar hisobini yuritish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, ko‘p jarayonlarning avtomatlashishiga olib keldi. Qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, gaz hisoblagichlar ishini avtomatik tarzda nazorat qilish maqsadida barcha eng zamonaviy texnologiyalar va tizimlarni birlashtiruvchi yangi tizim ishlab chiqiladi.

Anjumanda O‘zbekistonda M2M texnologiyalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tasavvurga sig‘maydigan texnologiyalar