O‘zA O`zbek

22.11.2017 10:59 Chop etish versiyasi

Science Leader” Web of science award nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi

Science Leader” Web of science award nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, xalqaro Clarivate Analytics kompaniyasi va “E-LINE PRESS” MChJ hamkorligida Xalqaro ilm-fan kuniga bag‘ishlab “Science Leader” Web of science award xalqaro sovrin g‘oliblarini taqdirlash o‘tkaziladi.

Xalqaro sovrin bilan jahon ilm-fani rivojiga hissa qo‘shayotgan, ilmiy bilimlarni targ‘ib qilayotgan, shuningdek, ilmiy faolligi yuqori bo‘lgan yetakchi olimlar mukofotlanadi.

Nomzodlarning ilmiy ishlarini samaradorligi xalqaro ilmiy-tahliliy “Web of Science” elektron ma’lumotlar bazasiga kirgan axborot resurslarida chop etiladigan ilmiy maqolalar va ularga havolalar asosida baholanadi.

Xalqaro “Science Leader” Web of science award sovrini bilan taqdirlash marosimi 2017 yilning 27 noyabrm kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

24 150