Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini ta’minlash O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Davlat boshqaruviga joriy etilayotgan zamonaviy AKTlar aholi va davlat organlarining o‘zaro munosabati mexanizmini yaratadi, ochiq ma’lumotlar tarqalishiga xizmat qiladi.

Aholining davlat organlari faoliyatiga oid ishonchli va tezkor axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2014-yil 5-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining turli tashkilot va muassasalari faoliyatiga oid ma’lumotlar taqdim etilgan. Mazkur axborotlar ixtisoslashgan axborot resursida chop etiladigan davlat hokimiyati organlariga oid ochiq ma’lumotlar yangi yo‘nalishdagi kompaniyalar tashkil etish, dasturiy mahsulotlar yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali (www.gov.uz) doirasida amal qiladigan ochiq ma’lumotlar portalidagi davlat organlari faoliyatiga doir ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishi uchun bepul taqdim etiladi.

Har yili ochiq ma’lumotlar asosida vizualizatsiya bo‘yicha ilovalar, xizmatlar va yechimlar ishlanmasi bo‘yicha «Open Data Challenge» tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Tanlov yangi, hamma uchun qulay va ijtimoiy ahamiyatga ega innovatsion ilovalar hamda xizmatlar yaratilishiga turtki bo‘lmoqda.

Joriy yilgi tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Toshkentdagi Inha universiteti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «Open Data Challenge 2017»ning asosiy tadbirlari joriy yil 30-noyabrdan 3-dekabrga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ochiq ma’lumotlar portalida ishtirokchilar onlayn-ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatga olish ishlari joriy yil 24-oktabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tgan tanlov ishtirokchilari AKT hamda ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning taniqli mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus bepul treninglar va mahorat saboqlarida ishtirok etishi mumkin. Ahamiyatli jihati shundaki, loyihalarning barchasi bevosita tanlov jarayonida ishlab chiqiladi.

Hakamlar hay’ati namoyish etilgan har bir loyihaning dolzarbligi, betakrorligi, qo‘llangan texnologik yechimlar va interfeysning qulayligiga alohida e’tibor qaratadi. G‘oliblar uch nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi: «Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha», «Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha», «Eng innovatsion loyiha».

Ushbu nominatsiyalar davlatimiz va butun dunyodagi dasturiy mahsulotlar bozorining zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq ma’lumotlar bazasida mobil ilova va xizmatlar