Mamlakatimizning uch jamoasi “Technovation Challenge” xalqaro tanlovining yarmi finaliga yo‘llanma oldi. Endi ular boshqa mamlakatlar jamoalari bilan AQShning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etish uchun bahslashadi.

Tanlovning mamlakatimizdagi saralash bosqichi Toshkent shahar hokimligi va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi, BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini yaxshilash uchun elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etildi.

Loyiha muvofiqlashtiruvchisi Hilola Umarovaning aytishicha, “Technovation Challenge” xalqaro tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning 78 mamlakatida o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yildan boshlab O‘zbekiston ham mazkur texnologik ishlanmalar tanlovida ishtirok etmoqda. Unda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashadi. Musobaqa qoidasiga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z jamoalarini tuzib, ustoz va murabbiylar rahbarligida muayyan dolzarb masalani aniqlashi, uni hal qilish imkonini beradigan ilova ishlab chiqishi va shu asosda tijoratni yo‘lga qo‘yish uchun zarur kompaniya tashkil etishi kerak bo‘ladi. Tanlovda ishtirok etish qizlarda tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik, dasturlash, jamoa bilan ishlash, auditoriya bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

“Technovation Uzbekistan” tanlovida mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari talaba-qizlaridan iborat 21 jamoa ishtirok etdi. Ular ekologiya va sog‘liqni saqlash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish, bandlikni oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash sohalariga oid loyihalarini taqdim etdi. G‘oliblar 8 yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi. “Technovation Challenge” xalqaro tanlovi tashkilotchilari tomonidan tanlovning yarim finalida ishtirok etish uchun uch jamoa saralab olindi. Bular “HealTech” loyihasi mualliflari “Bright Minds” jamoasi, “Linkey” loyihasini taqdim etgan “LimitBusters” jamoasi va “Yordam” loyihasi bilan ishtirok etgan “Techno Squad” jamoasidir.

“Technovation Challenge” xalqaro tanlovining yarim finali onlayn rejimda o‘tkazilib, taniqli olimlar, dasturchilar, tadbirkorlardan iborat xalqaro hakamlar hay’ati turli davlatlardagi yuzlab ishtirokchi qizlarning ishlari bilan tanishadi va finalda ishtirok etadigan o‘n jamoani saralab oladi. Ular tanlovning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichida ishtirok etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qizlari xalqaro tanlovning yarim finaliga chiqdi