O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida "MICROSOFT" kompaniyasining MDHdagi mintaqaviy ofisi rahbari Ronald Binkofski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jahonning yetakchi innovatsion texnik qarorlar ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari hisoblangan bir qator kompaniyalar bilan kelishuv va memorandumlar imzolangan. "IBM", "Cisco", "Google" va "Microsoft" kabi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda. Bu O‘zbekistonda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi, mahalliy va xorijlik mutaxassislar o‘rtasida tajriba va g‘oyalar almashish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi.

Uchrashuvda tomonlar qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning kelgusi istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, davlat boshqaruvi sohasiga bulutli texnologiyalarni joriy qilish, yaqin istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun eng yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, talabalar va aholini "Microsoft" kompaniyasi mahsulot va servislaridan foydalanishga o‘qitish ishlarini tashkil qilish masalalari xususida kelishib olindi. "Microsoft Imagine Academy" ta’lim resursi dasturiy ta’minot sohasidagi innovatsion ishlanmalar, eng ommabop operatsion tizim va ofis dasturlari arxitekturasini o‘rganishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, jahonning minglab o‘qituvchilarini birlashtirgan "innovatsion pedagoglar" maxsus hamjamiyati imkoniyatlari taqdim etildi. Mashg‘ulotlar chog‘ida o‘quv jarayoni talabalar uchun yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun AKTning barcha imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishga harakat qilindi. Ayni paytda "innovatsion pedagoglar" maxsus hamjamiyati a’zolari orasida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar ham bor.

Delegatsiya tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan seminarda "Microsoft" ekspertlari kompaniyaning "Elektron hukumat" tizimini shakllantirishga doir ishlanmalari haqida so‘zlab berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MICROSOFT delegatsiyasi O‘zbekistonda