Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda axborot xavfsizligini ta’minlashga kompleks yondashuv masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Nihol” kompaniyalari guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirda turli vazirlik va idoralar, tijorat banklari vakillari, axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha yurtimiz va xorijlik mutaxassislar, olimlar, Yaponiya, Rossiya va AQShning dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ishlab chiqarish, moliya, ijtimoiy sohalar, boshqaruv tizimlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni nazarda tutadigan tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish orqali milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Bugungi kunda mamlakatimiz banklari tashqi aloqalar uchun tobora ochiq bo‘lib bormoqda, plastik kartalar bilan ishlash faollashib, bankomatlar tarmog‘i kengaymoqda. Ushbu jarayonda bank sektoridagi kiberxavfsizlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bois, anjumanda bank sohasi vakillariga axborot xavfsizligini ta’minlashga kompleks yondashuv bo‘yicha yangi imkoniyatlar taqdim etildi. Yetakchi tadqiqot va konsalting kompaniyalari, axborot xavfsizligi kompleks tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyalar mutaxassislari o‘zlarining ilmiy izlanish va ma’ruzalarini namoyish qildi.

IDC Xalqaro tadqiqot va konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil sayin davlat tashkilotlari va tijorat banklari faoliyatiga sezilarli ravishda ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli dasturlar yuzaga kelmoqda. Dunyoning turli mamlakatlarida tijorat va davlat tashkilotlariga hujum qilayotgan komputer viruslari axborot texnologiyalari infratuzilmasining bunga hali tayyor emasligi va zaifligini ko‘rsatdi. IDC tahlilchilarining fikricha, 2020 yilga kelib dunyoning 60 foiz mamlakati nashr etilgan kiberxavfsizlik doktrinasiga ega bo‘ladi, kelasi yil esa jahonning aksariyat yirik kompaniyalari o‘z xavfsizlik tizimlari arxitekturasini qayta barpo etadi. Shu bois, yurtimizda axborot tizimlari muhofazasi, axborot xavfsizligini kompleks rivojlantirish masalalari ustuvor va dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Anjuman doirasida dunyoning yetakchi IT-kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan texnik yechimlar, ishlanmalar, dasturiy ta’minot mahsulotlari, uskunalar va tizimlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz mutaxassislari va ularning xorijlik hamkasblari qator dolzarb masalalarni muhokama qildi, tajriba va fikr almashdi. O‘zbekistonda axborot xavfsizligi tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberxavfsizlikni ta’minlashga kompleks yondashuv