O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari hamda apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqish va yetkazib berish bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyalaridan bo‘lgan "IBM" kompaniyasi (AQSh) vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda AQShning "IBM" kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Mazkur hujjat ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbir xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba va innovatsion g‘oyalar almashishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda raqamli transformatsiya, moliya-iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, telekommunikatsiyalar sohasiga innovatsion yechimlarni joriy qilish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Amerikalik mutaxassislar kognitiv texnologiyalar va eng so‘nggi ishlanmalardan biri bo‘lgan "IBM Watson" tizimi vositalaridan foydalanishga doir yangi loyihalar taqdimotini o‘tkazdi. Hozir mazkur innovatsion platforma negizida turizm, chakana savdo, axborot texnologiyalari xizmatlari, sog‘liqni saqlash va notijorat soha uchun ilovalar yaratilgan.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IBM kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv