Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.01.2018 18:30 Chop etish versiyasi

Hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy etish innovatsion markazida dasturiy ta’minot ishlanmalari va axborot texnologiyalari konsaltingi bilan shug‘ullanuvchi «Exadel Inc» xalqaro kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasining yo‘nalishlari va rivojlanish holati, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali dasturchilar va mutaxassislarni tayyorlashning milliy tizimiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

«Exadel Inc» kompaniyasi vakillari axborot kommunikatsiya texnologiyalari mahalliy bozorining ulkan istiqbol va imkoniyatlari yirik xalqaro kompaniyalar e’tiborini jalb qilayotganini alohida ta’kidladi.

Axborot texnologiyalari sohasi uchun yetuk kadrlarni tayyorlash milliy tizimi ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu munosabat bilan kompaniya nafaqat korxonalar, balki mustaqil axborot texnologiyalari mutaxassislari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistondagi sohaga oid oliy o‘quv yurtlari talabalari esa «Exadel Inc» kompaniyasida stajirovka o‘tash imkoniga ega bo‘ladi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
6 317