O‘zA O`zbek

22.04.2019 18:44 Chop etish versiyasi

Davlat xizmatlari haqida endi QR-kod orqali maʼlumot olish mumkin

Davlat xizmatlari haqida endi QR-kod orqali maʼlumot olish mumkin

Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi fuqarolarga tezkor va shaffof xizmat koʻrsatishni taʼminlash hamda murojaat etuvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmasini yanada shakllantirish maqsadida Fargʻona shahar davlat xizmatlari markaziga xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot beruvchi “INFOLAND” oʻrnatildi.

INFOLAND da Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat nomlari va uning QR-kodi joylashtirilgan. Mobil telefonda QR-kodni skaner qilish ilova orqali ushbu xizmat haqida toʻliq maʼlumot olish imkoniyati mavjud.

Jumladan, xizmatdan foydalanish uchun kerakli hujjatlar, davlat boji toʻlov summasi, xizmat koʻrsatish muddati va xizmat koʻrsatuvchi vakolatli organ toʻgʻrisidagi barcha kerakli maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Investorlar uchun zarur boʻlgan xizmat turlari rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

OʻzA
1 037